Antoniu Guterrish «Oliy Darajali Doʻstlik» ordeni bilan taqdirlandi va Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdilar

0
51
marta koʻrilgan.

Koʻksaroy qarorgohida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishga jahonda hamjihatlik va birdamlikni faol ilgari surish, tashkilot faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, mamlakatimiz va BMT oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun Oʻzbekistonning oliy davlat mukofotlaridan biri — «Oliy Darajali Doʻstlik» ordenini tantanali topshirish marosimi boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Davlatimiz rahbari mukofotni topshirar ekan, A.Guterrishning Oʻzbekiston va BMT oʻrtasidagi hamkorlikning bugungi yuksak darajaga yetishiga qoʻshgan shaxsiy hissasini alohida eʼtirof etdi.

Bosh kotib Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan global va mintaqaviy ahamiyatga molik keng koʻlamli islohotlar va tashabbuslarni, shuningdek, BMT institutlarining respublikamizdagi faoliyati kengayishini har tomonlama qoʻllab-quvvatlayotgani taʼkidlandi.

BMT rahbarining xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, global boshqaruv institutlarini isloh qilish, Barqaror rivojlanish maqsadlarini ilgari surish, iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish, «yashil» va raqamli taraqqiyot, oziq-ovqat va energetika xavfsizligini taʼminlash borasidagi koʻp yillik saʼy-harakatlari qayd etildi.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida Koʻksaroy qarorgohida daraxt ekish marosimi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yoʻlida keng koʻlamli hamkorlikni yanada kengaytirish borasidagi qatʼiy intilishlar ifodasi sifatida Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdilar.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.