Aprel – estetika fani oyligi

0
1973
marta koʻrilgan.

Kashtachilik sanʼati qadim tarixga ega. Azal-azaldan qoʻli gul momolarimiz bu hunarmandlik turi bilan shugʻullanib kelgan. 

Diyora Ilyosova ham yosh boʻlsa-da, shu amaliy sanʼat turiga qiziqadi. U tikkan kashtalar naqshlari, gulli tasvirlari, atirgul, gulsafsar, chinnigul, lola, gultojixoʻroz, olma guli yoki anor, olcha, gilos, bodom, garmdori aksi tushirilganligi, chuqur maʼnoga egaligi bilan ajralib turadi. 

Poytaxtimizning Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 49-umumtaʼlim maktabining Diyora singari yuqori sinf oʻquvchilari uchun bu kabi hunarmandlik turlari yangilik emas. Ular dars jarayonida mehnat (texnologiya) taʼlimi doirasida azaliy hunarmandlikning bir qancha turlarini muntazam oʻrganib kelmoqda. Oʻgʻil bolalar va qizlar uchun alohida tashkil etiladigan mashgʻulotlar ularda katta qiziqish uygʻotmoqda. 

Ayni vaqtda oʻquvchilar egallagan bilimlarini “Aprel – estetika fani oyligi”da namoyish qilmoqda. Ushbu oylik doirasida maktabda pedagoglar uchun mahorat saboqlari, boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun rasmlar tanlovi, musiqa fanidan ochiq darslar, koʻrgazmalar, devoriy gazetalar tanlovi kabi tadbirlar oʻtkazildi. Maktabdagi yetti yuzdan ziyod oʻquvchi ushbu tadbirlarda faol ishtirok etdi. 

Oylik yakunida oʻquvchilar uchun koʻrik-tanlov tashkil etildi. Oʻgʻil-qizlar beshta shart boʻyicha egallagan bilimlarini namoyish etdi. 
 
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.