2018 yilning 3 iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qoʻshma Shtatlari Favqulodda va Muxtor Elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi.
Suhbat davomida Oʻzbekiston-AQSH munosabatlarining joriy masalalari, shuningdek, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 15-17 may kunlari AQSHga rasmiy tashrifi va oliy darajadagi muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi-nazaridan oʻzaro aloqalarni rivojlantirish istiqbollari koʻrib chiqildi.
Uchrashuvda ikki tomonlama boʻlajak tadbirlar muddatlari va kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.