AQSH Prezidenti Jozef Bayden Prezident Shavkat Mirziyoyevga tabrik yoʻlladi

0
179
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Hurmatli Prezident janoblari!

Sizga va Oʻzbekiston xalqiga Navroʻz tinch, baxtli va farovon boʻlishini tilamoqchiman.

Afgʻonistonda urushga chek qoʻyadigan, barqaror va diplomatik yechimni taʼminlaydigan tinchlik jarayonini qoʻllab-quvvatlash borasidagi birgalikdagi ishlarimizda Navroʻz bayrami tinchlik nihoyatda muhim neʼmat ekanini eslatib turadi.

Joriy yilda Oʻzbekiston mustaqilligiga 30 yil toʻladi. Keyingi yillarda Siz muhim islohotlarni amalga oshirdingiz va mening Administratsiyam bu muvaffaqiyatni davom ettirish uchun mamlakatingiz bilan hamkorlik qilishga tayyor.

Biz, shuningdek, besh yil avval Davlat kotibi Jon Kerri rahbarligida boshlangan «C5+1» muloqoti doirasidagi hamkorlik davom etishidan umidvormiz.

Sizga va Oʻzbekiston xalqiga shu yangi yilda va yangi bahor faslida eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Navroʻz muborak!

Hurmat bilan,                          Jozef Robinett Bayden, 

                                                 Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.