AQSH Prezidenti Oʻzbekiston Prezidentiga tabrik yoʻlladi

0
10
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident janoblari!

Amerika Qoʻshma Shtatlari halqi nomidan Sizni va butun Oʻzbekiston halqini ajoyib Navroʻz ayyomi bilan tabriklayman. Bu barcha uchun tinchlik, farovonlik va yangilanish bayramidir.

Mamlakatlarimiz oʻrtasida mustahkam rishtalar oʻrnatilayotganligini yuksak qadrlayman va Sizning izchil islohotlar dasturingizni olqishlayman. Savdo aloqalarimizni kengaytirish va zamonamizning eng yirik muammolarini hal etish yoʻlida hamkorlik qilishni intiqlik bilan kutaman.

Buyuk davlatlarimiz ravnaq sari intilayotgan bir paytda, Amerika Qoʻshma Shtatlari Oʻzbekistonning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini doimo qoʻllab-quvvatlashga sodiq boʻlib qoladi.

Navroʻz muborak!

Chin dildan,       Donald Tramp, Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.