AQSHning Oʻzbekistondagi elchisi Qoraqalpogʻistonga bordi

0
102
marta koʻrilgan.

AQSHning Oʻzbekistondagi elchisi Pamela Spratlen, AQSH elchixonasi madaniyat ishlari boʻyicha xodimi Kirsten Michener, tarjimon Abdumalik Ismoilov, AQSH elchixonasi ingliz tili dasturi koordinatori Nodira Melibayeva, Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasi xodimi Oʻtkir Tajimovlar 2017 yil 30 oktyabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetiga tashrif buyurdi. Bu haqda universitet rasmiy sayti xabar bermoqda.

Pamela Spratlen rektor A.Reymov bilan chet tillari fakultetida Axborot resurs markazini ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu markazga 231 atamadagi 600 dan ortiq kitoblarni sovgʻa qilishdi.

Bunda AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan (begʻaraz koʻmagi) 2017 yil iyun oyida universitetga talabalar ingliz tilini mukammal oʻrganish uchun bahosi 15,677 ming AQSH dollari boʻlgan ingliz tilidagi kitoblar va bahosi 1,218 ming AQSH dollarlik televizor hamda kompyuter jihozlari ajratilgan. 

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti fotolari

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.