Arab madaniyati kunlari

0
350
marta koʻrilgan.

Bugun Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Mumtoz filologiya va adabiy manbashunoslik kafedrasida «Arab madaniyati kunlari» nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Ushbu tadbirda arab tili yoʻnalishida tahsil oluvchi talabalar oʻzlarining  bilim va iqtidorlarini, ilmiy va maʼrifiy salohiyatlarini namoyish etishdi.  Ular ishtirokida mumtoz arab sheʼrlari, qasidalari, arabcha kuy va qoʻshiqlar yangradi. Xattotlik ishlari, qoʻlyozma kitob yaratish texnologiyasi bilan tadbir qatnashchilarini tanishtirishdi. Arab tilidagi sahna koʻrinishlari barchada  qiziqish oʻygʻotdi.  Chevar talabalar oʻzlarining mohir qoʻllari bilan   tikilgan  qadimgi arab milliy kiyimlari,  jumladan qadimgi Misr, Andalus, arab sultonlari va malikalari hamda  arab kelinlarining milliy toʻy liboslari bilan ishtirok etishdi. 

Eʼtiborli jihati shundaki, tadbirda oltmishdan ziyod talaba oʻz chiqishlari bilan ishtirok etdi. Tadbir talabalarning mahorat darsiga aylandi.

Madina Joʻrayeva  va  Nodira Sadullayeva  Mumtoz filologiya va adabiy manbashunoslik kafedrasi oʻqituvchilari

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.