Arzon uy-joylar qurishni kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar

0
226
marta koʻrilgan.
«Qishloq joylarda va fuqarolarning ayrim toifalari uchun arzon uy-joylar qurishni kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori​ qabul qilindi.
Unda shunday deyiladi: Soʻnggi yillarda yangilangan namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylar qurish hisobiga qishloq aholisini uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi PQ-2639-son qarori bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylarni qurish Dasturiga (keyingi oʻrinlarda – Dastur) muvofiq yangilangan namunaviy loyihalar asosida 53 mingdan ziyod arzon uy-joylar va kvartiralar qurildi, turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj 65 mingga yaqin oila uy-joy bilan taʼminlandi. 
Shu bilan birga, Dastur ijro qilinishini oʻrganish yakunlari qishloq joylarda arzon uy-joylarga talab yuqori ekanligini koʻrsatdi, yangicha yondashuvlarni ishlab chiqishni taqozo etadigan uy-joylar qurilishini tashkil etish va muhtoj oilalarni arzon uylar bilan taʼminlash boʻyicha bir qator jiddiy kamchiliklar aniqlandi. 
Qarorda ularni hal etish yoʻllari belgilab berildi.
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.