Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizda bunyod etilgan Ashxobod sayilgohiga tashrif buyurdi.
Bogʻ Turkmaniston manzarasini aks ettiruvchi dizayn asosida bunyod etilgan. Zamonaviy attraksionlar oʻrnatilgan, umumiy ovqatlanish va koʻngilochar maskanlar qurilgan.
Shavkat Mirziyoyev sayilgohda yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi.