Avtomobil sanoatidagi rejalar haqida axborot berildi

0
34
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyevga avtomobil sanoatida qilinayotgan ishlar va 2025 yilga moʻljallangan rejalar haqida axborot berildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Mamlakatimiz sanoatida avtomobilsozlik ulushi 10 foizni tashkil etadi. Oʻtgan oʻn oyda 338 mingta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. 1 ming 400 turdagi butlovchi qismlar mahalliylashtirilgan. Iqtisodiy choralar natijasida sohada tannarx 4 foiz kamaygan. Eksport 455 million dollar boʻlgan.

“Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati raisi oldindagi rejalar va vazifalar yuzasidan axborot berdi.

Kelasi yil 450 mingta avtomobil ishlab chiqarish va eksportni 700 million dollarga yetkazish maqsad qilingan. Hududiy korxonalar bilan kooperatsiyani kuchaytirib, mahalliylashtirishni oshirish boʻyicha aniq rejalar ishlab chiqilgan. Xususan, 700 ta detalni oʻzlashtirish boʻyicha 325 million dollarlik 63 ta loyiha amalga oshiriladi.

Maʼlumki, Jizzaxda “BYD” kompaniyasi bilan hamkorlikda elektromobil zavodi barpo etilgan. Hozirda u yerda Chazor va Song Plus Champion kabi mashinalar ishlab chiqarilmoqda. Kelgusi yillarda modellar qatorini kengaytirish rejalashtirilgan. Qiymati 300 million dollarlik ikkinchi bosqichda elektromobillar sonini yiliga 200 ming donaga, uchinchi bosqichda 500 ming donagacha yetkazish koʻzda tutilgan.

Davlatimiz rahbari xitoylik hamkorlar bilan kelishib, qoʻshimcha quvvatlarni qurish, elektromobillar uchun butlovchi va ehtiyot qismlarni izchil oʻzlashtirib borish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Kooperatsiya asosida mahalliy korxonalarga buyurtmalarni shakllantirish vazifasi qoʻyildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.