Axborat texnologiyasining ilk mutaxassislaridan biri

0
295
marta koʻrilgan.

Shu kunlarda 75 yoshni qarshilayotgan Firnafas Yusupov axborot texnolgiyalari sohasida mamlakatimizda yetishib chiqqan  dastlabki mutaxassislardan.

Muhammad al- Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali dasturiy injinering kafedrasi dotsenti Firnafas Yusupov axborot texnologiyalari yutuklarini oliygoh va Xorazm viloyatida qoʻllash xamda ushbu sohani rivojlantirishga koʻplab loyihalarning muallifi sifatida ulugʻvor  xissa qoʻshib kelmoqda.

Ushbu sohada erishgan ulkan yutuqlari – Vatanimizga, ilm- fanni yuksaltirish va yetuk mutaxassislar tayyorlashga sidkidildan kilayotgan xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Turon fanlar akademiyasi akademikligiga munosib koʻrildi. Shu munosabat bilan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida Firnafas  aka Yusupovning shukrona kuniga bagʻishlangan tadbir tashkil qilindi. Tadbirda akademik Firnafas  Yusupovning yaqinlari, shogirdlari, Turon akademiyasi aʼzolari va yetakchi olimlar hamda talabalar ishtirok etishdi. Ular oʻz ustozlari haqida fikr-mulohazalar bildirar ekanlar, ustozning ilm-fan, taʼlim sohasida katta tajribaga ega ekanligini taʼkidlashdi. Paxta tayyorlash sanoatida avtomatik dasturlash, avtomatik boshqarish tizimiini ishlab chiqib amaliyotga joriy qilganliklarini alohida eʼtirof etdilar.

Olim oliygohda  katta ilmiy- amaliy mahorat  maktabi yaratdi.  Firnafas domla  Yusupov tayyorlagan  shogirdlari orasida prezident stependiyasi va boshqa stependiya sohiblari koʻplab yetishib chiqdi.  Axborot texnologiyalari soxasida yuzlab fan nomzodlari va fan doktorlari oʻz sohasining yetuk mutaxassislariga yetakchilik qildi.  Ustoz hamon safda shu kungacha olib borayotgan ilmiy tadqikotlari, yaratgan juda ulugʻvor ilmiy maktablari, oʻziga xos  ishlab chiqqan ilmiy yunalishlari, uslublarini alohida eʼtirof etdilar.

Turon fanlar akademiyasini akademigi maqomiga erishgan,  yosh avlod tarbiyasiga munosib hissa qoʻshgan akademik Firnafas  Yusupovni qutlugʻ yoshi bilan hamda erishgan ulkan yutuqlari bilan chin dildan qutlaymiz va sihat-salomatlik, ishlariga baraka tilaymiz.

Nodira SAʼDULLAYEVA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.