Ayolning yashash tarzi, dunyoqarashi oila muhitini belgilaydi

0
131
marta koʻrilgan.

Prezidentimiz Navoiy shahridagi 3-sonli ichki ishlar boʻlimini borib koʻrdi,  deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

Bu yerda yaratilgan sharoitlar, mahallalarda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar haqida axborot berildi.

Davlatimiz rahbari xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorlar bilan muloqotda ayollarning turmush sharoitlarini oʻrganib borish, dardu tashvishlariga koʻmak berish zarurligini taʼkidladi.

— Agar jamiyatimizni adolatga ishontirmoqchi boʻlsak, avvalo, xotin-qizlarning ishonchini qozonishimiz, ularni asrashimiz kerak. Ayolning yashash tarzi, dunyoqarashi oila muhitini belgilaydi. Bu farzandlar tarbiyasi uchun juda muhim, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentimiz ichki ishlar boʻlimidagi situatsion markazni koʻzdan kechirdi. Jamoat xavfsizligini taʼminlashga ixtisoslashgan dasturiy mahsulotlar yaratish, jinoyatchilikni turlari boʻyicha tahlil qilib, ularni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar berdi.

Shuning bilan Shavkat Mirziyoyevning Navoiy viloyatiga tashrifi yakunlandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.