Bahouddin Naqshband majmuasida ziyorat sharoitlari kengaytiriladi

0
289
marta koʻrilgan.

Davlatimiz rahbari Buxoro viloyatiga tashrifini, anʼanadagidek, Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Qurʼon oyatlari tilovat qilindi. Alloh taolodan oʻtganlarga rahmat, yurtimizga tinchlik-farovonlik tilab duo oʻqildi.

Diniy ulamo bilan suhbatda yoshlar taʼlim-tarbiyasi, islom maʼrifati haqida soʻz bordi. Yoshlarni yot gʻoyalar taʼsiridan asrash, bandligiga koʻmaklashish, muhtoj oilalarni alohida mehr-eʼtiborga olish muhimligi taʼkidlandi.

Shu yerda majmua atrofida rejalashtirilayotgan qurilish-taʼmirlash loyihasi koʻrib chiqildi. Unga koʻra, Bahouddin Naqshband maqbarasiga Toqi miyona darvozasidan boruvchi tarixiy yoʻlakni tiklash, Doniyolbiy madrasasini taʼmirlash, tahoratxona va muzey barpo etish kabilar moʻljallanmoqda.

Davlatimiz rahbari ziyorat turizmi uchun sharoitlarni kengaytirish, xorijdan Buxoroga toʻgʻridan-toʻgʻri qatnovlar va mehmonxona tashkil etish, qabristonni obodonlashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.