Bangladesh bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

0
103
views

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 iyun kuni tongda Dushanbe shahridagi oʻziga ajratilgan qarorgohda Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti Abdul Hamidni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.    

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi sheriklikni kengaytirish istiqbollari koʻrib chiqildi.

Savdo, investitsiyalar, qishloq xoʻjaligi, turizm va gumanitar sohalarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Hukumatlararo va idoralararo darajadagi aloqalarni faollashtirish va qoʻshma tadbirlar oʻtkazish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.

Bangladesh Prezidenti Abdul Hamid Dushanbedagi OHICHK sammitidan soʻng Oʻzbekiston madaniy-tarixiy markazlari bilan tanishish uchun mamlakatimizga tashrif tashkil etilgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here