Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi xalqaro konferensiya doirasida Bangladesh Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abul Kalom Abdul Moʻminni qabul qildi.
Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va mintaqa kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Tashqi ishlar vaziri Bangladesh Prezidenti Abdul Hamid va Bosh vaziri Shayx Hasina Vazedning samimiy salomini yetkazdi.
Oʻzbekiston Prezidentining Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari bogʻliqligini rivojlantirish borasidagi tashabbusi har tomonlama qoʻllab-quvvatlandi.
Almashinuvlarni faollashtirish, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda qoʻshma loyiha va dasturlarni ilgari surish orqali amaliy hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.