Bank tizimidagi transformatsiya jarayonlari koʻrib chiqildi

0
69
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 20 noyabr kuni bank tizimida transformatsiya va xususiylashtirish jarayonlari muhokamasi boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.

Bu sohani isloh qilish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar natijasida soʻnggi uch yilda banklar kapitali 1,8 baravarga, yillik kredit ajratish hajmi 2 baravarga koʻpaydi. 4 ta bank ilk bor “evrobond” chiqarib, xalqaro kapital bozorlaridan 1 milliard dollar resurs olib keldi. Ipoteka-bankka strategik xorijiy investor jalb qilindi. 13 ta yangi xususiy bank tashkil etildi, Vengriya, Qozogʻiston va Gruziyaning nufuzli banklari yurtimizda faoliyat boshladi. Onlayn bank xizmatlari hajmi 2,7 barobarga oshdi.

Shu bilan birga, bank sektorida raqobat kuchaymoqda, bank xizmatlariga aholi va tadbirkorlar tomonidan talab oshmoqda. Bu sohada transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, kelgusi yillar uchun ustuvor vazifalarni belgilab olishni taqozo etayotir.

Xususan, davlat ulushiga ega banklarni xususiylashtirishga tayyorlash, ularning qimmatli qogʻozlarini “IPO”ga chiqarish, sohaga tajribali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish boʻyicha takliflar bildirildi. 

Xalqaro reyting kompaniyalari bilan hamkorlikni kuchaytirib, banklarning reytingini oshirish boʻyicha oʻrta muddatli chora-tadbirlar ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi. Shuningdek, sohada kadrlar tayyorlash tizimini zamon talablariga moslashtirish kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

Yigʻilishda bank rahbarlari transformatsiya va xususiylashtirishga tayyorgarlik koʻrish, xodimlarni oʻqitish, sohada ilgʻor IT yutuqlarni joriy qilish boʻyicha rejalarini aytdi.

Har bir bank oʻzi sarmoya kiritgan loyihalarni chuqur tahlil qilib, ishga tushishini kuzatib borishi, hududlar va sohalarda samardorligi yuqori boʻlgan loyihalarni amalga oshirishi zarurligi taʼkidlandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.