Banklar kapitaliga xorijiy investitsiyalar jalb etiladi

0
102
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 mart kuni Asakabank va Oʻzsanoatqurilishbank kapitaliga xorijiy investitsiyalar jalb etish boʻyicha taqdimot bilan tanishdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Iqtisodiyot oʻsishida bank tizimining ahamiyati katta. Yurtimizda bu sohadagi islohotlar natijasida oxirgi uch yilda, banklarning umumiy kreditlari xajmi 2 baravar, kapital xajmi 1,6 baravarga oshgan.

Banklarimiz ilk bor nufuzli xalqaro kredit reytinglariga ega boʻlib, xalqaro kapital bozorlarida yevrobondlar joylashtirdi. Xususiy banklar ham koʻpaydi.

Shuningdek, Vengriya, Qozogʻiston, Gruziya, Turkiyaning nufuzli banklari Oʻzbekistonga kirib keldi. Ipotekabank isloh qilingani natijasida uning kapitaliga strategik xorijiy investor sarmoya kiritdi.

Bu ishlarni davom ettirib, Asakabank va Oʻzsanoatqurilishbankka ham xorijiy investitsiyalar jalb etish rejalashtirilgan. Shu maqsadda xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda bu banklarga 30 nafar malakali xalqaro mutaxassislar olib kelindi.

2023 yil davomida Oʻzsanoatqurilishbank kapitaliga 125 million dollar, Asakabankka 100 million dollar mablagʻ jalb qilinishi koʻzda tutilmoqda. Banklarning operatsion faoliyatida zamonaviy dasturiy IT mahsulotlar va 100 dan ziyod yangi bank xizmat turlari joriy etiladi.

Amalga oshiriladigan ishlar natijasida 2027 yil natijalari boʻyicha Oʻzsanoatqurilishbank daromadi 1,61 baravar, kredit portfeli 1,74 baravarga oshishi koʻzda tutiladi. Asakabankda depozitlar 1,71 baravar, bank aktivlarining hajmi esa 1,72. Eng muhimi bu va boshqa Oʻzbekiston banklariga xalqaro moliya bozorlarida ishonch ortadi va  ularning faoliyatida qatnashish uchun xorijiy investor va hamkorlarning qiziqishi ortadi.

Taqdimotda mazkur jarayonga xalqaro konsultantlarni taklif etish, ularning kapitalini oshirish va qoʻshimcha investitsiyalar jalb qilish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.