Basketbol. Oʻzbekiston chempionatining birinchi turi yakunlandi

0
549
marta koʻrilgan.

7-12 fevral kunlari Navoiy shahrida basketbol boʻyicha Oʻzbekiston chempionatining birinchi tur uchrashuvlari oʻtkazildi.

Musobaqada 11 jamoa ikki guruhga boʻlingan holda kurash olib bordilar. 
 
«A» guruhida TSHVSM (Toshkent), «Soʻgʻdiyona» (Navoiy), «Elektroapparat» (Toshkent), SKMO (Toshkent), «Jayhun» (Nukus) jamoalari oʻyin oʻtkazdilar. Tur yakunlariga koʻra, oʻtkazilgan toʻrtta oʻyinning barchasida gʻalaba qozona olgan Mudofaa vazirligining SKMO jamoasi sakkiz ochko toʻplagan holda birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Ikkinchi oʻrin esa yetti ochkoga ega boʻlgan «Elektroapparat»ga nasib qildi. Olti ochko toʻplagan «Soʻgʻdiyona» jamoasi guruhda uchinchi boʻldi.
 
«B» guruhida esa olti jamoa — Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi, «Buxoro», «Namangan», «Guliston» (Sirdaryo), «Surxon» (Surxondaryo) va «Fargʻona» jamoalari oʻzaro kurash olib bordi. Guruhda beshta oʻyinning barchasida gʻalaba qozona olgan «Buxoro» jamoasi oʻn ochko toʻplagan holda, guruh gʻolibiga aylandi. Ikkinchi oʻrinni esa toʻqqiz ochko bilan Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi egalladi. Uchinchi oʻrin sakkiz ochko jamgʻargan «Fargʻona»ga nasib qildi. 
 
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Matbuot xizmati
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.