Baxt shamollari» kitobi taqdimoti

0
123
marta koʻrilgan.

“Kitob har qanday bilimning joni va yuragi, har qanday fanning ibtidosi”– degan edi mashhur yozuvchilardan biri  Stefan Sveyg.

Darhaqiqat, kitob barcha bunyodkorlik asosi, inson qancha koʻp kitob mutolaa qilsa, shuncha maʼnaviyati kengayadi. Soʻnggi yillarda yurtimizda kitobxonlikka keng ahamiyat qaratilayotgani hech kimga sir emas. Jumladan, Respublikamiz boʻylab tashkillashtirilgan «Kitobsevar millat» shiori ostidagi «Kitobxonlik haftaligi» buning yaqqol misoli.  Shu munosabati bilan, Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazida “Bir asar tarixi” loyihasi doirasida  yozuvchi  va tarjimon Davron Rajabning “Baxt shamollari” kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Taqdimotda shoirlar, kitobxonlar, Oqila ayollar harakati faollari,  Oʻzbekiston Sanʼat va Madaniyat instituti talabalari  va AKM mutaxassislari ishtirok etdi. Davron Rajabning adabiyot maydoniga kirib kelishi va ijod hamda yoʻli haqida ishtirokchilar toʻliq maʼlumotlarga ega boʻldi.

– Kamtarlik insonning  asosiy libosi va maʼnaviyatli inson boʻlishi uchun faqat kitob oʻqish kerak, – taʼkidladi oʻz soʻzida Davron Rajab.

«Baxt shamollari» kitobidan oʻrin olgan falsafiy maʼnoga ega satrlar kutubxonachilar tomonidan oʻqib eshittirildi. Tadbir davomida  «Oqila ayollar» harakati faollari tomonidan bildirilgan maʼnaviy bilimlar tadbirga yanada mazmun bagʻishladi. Tadbir soʻngida  «Koʻklam  ila uygʻongan shoir» nomli videorolik taqdim etildi.

Yoshlar shoir va kitob haqida oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.                          

 S. Xudoyberdiyeva, Toshkent shahar «Bilim» AKM direktor rinbosari

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.