Bektemir tumanida yana bir bogʻ paydo boʻldi

0
27
marta koʻrilgan.

“Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida koʻchat ekib, yashillik yaratish koʻlami kengaydi. Poytaxtimizning Bektemir tumanida yana bir boqqa asos solindi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Prezidentimiz davlat tashkilotlari va jamoatchilik vakillari bilan birga bu yerda koʻchat ekdi.

Iykota, Majnuntol, Zilola, Rohat va Iqbol mahallalari orasidagi bu hudud avval qarovsiz joy edi. Elning birligi bilan yana bir yashil makon, aholi hordiq chiqaradigan park paydo boʻlmoqda. Uch gektarlik hududga oʻrmon konsepsiyasi asosida uch ming tup daraxt va buta koʻchatlari ekildi. Ularning sugʻorilishi va parvarishiga masʼullar biriktirildi.

Mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar bilan samimiy muloqot boʻldi. Davlatimiz rahbari jamoatchilik vakillariga ushbu xayrli tashabbusga hissa qoʻshayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.  Barchani kirib kelayotgan Navroʻz bayrami bilan tabrikladi.

Prezident farmoyishi bilan eʼlon qilingan dolzarb bir oylik doirasida mahallalarda dehqonchilik va obodonlashtirish ishlari safarbarlik bilan olib borilmoqda.

Bahorda 125 million tup koʻchat ekilishi moʻljallangan. Bunda ekin joylarini toʻgʻri tanlash, sugʻorishni yaxshilashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Yangi bogʻda ekilgan koʻchatlar ana shu ezgu amalning davomi boʻldi.

“Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili davlat dasturiga muvofiq, bu yil koʻchatchilikka ixtisoslashgan 18 ta oʻrmon xoʻjaligi tashkil qilinadi. Ularda “ilm-loyiha-amaliyot” tamoyili asosida genetik seleksiya ishlari kuchaytirilib, plantatsiyalar kengaytiriladi. “Yashil olam” platformasi ishga tushirilib, koʻchatlarni onlayn sotib olish yoʻlga qoʻyiladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.