Berlin kutubxonasidan Boburiylarga tegishli muhtasham albom topildi

0
12
marta koʻrilgan.

 Bu haqda oktyabr oyida  Toshkentda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston xalqaro madaniy meros haftaligi doirasidagi tadbirlarda maʼlum qilindi.

Berlin davlat kutubxonasida saqlanayotgan Boburiylarga oid mazkur hashamatli albomning bir tomoniga gʻazallar, ikkinchi tomoniga esa miniatyuralar tushirilgan.

Eʼtiborli jihati, albomdagi gʻazallar Alisher Navoiy va Husayn Boyqaroga tegishli boʻlib, turkiy tilda yozilgan.

Boburiylar sulolasi uch yuz yildan ortiq hukmronlik tarixiga ega boʻlsa-da, hech qachon oʻz ota-bobosini, millatini, tilini unutmagan. Saroyda forscha, hindcha yoki boshqa tilda gaplashgan boʻlishi mumkin, lekin asosiy, eng jiddiy masalalar turkiy tilda hal qilingan va juda koʻplab turkiy qoʻlyozmalar koʻchirilgan.

Mazkur albomning 25 tasi Germaniyadagi Berlin davlat kutubxonasida saqlanayotgan boʻlsa, qolgan 100ga yaqin qismi Buyuk Britaniya, AQSH, Chexiya hamda Eronda ekanligi maʼlum qilindi.

Chet ellarga tarqalib ketgan Oʻzbekiston madaniy merosi namunalarini qaytarish kabi madaniy islohotlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda.

Hozirda Boburiylarga tegishli albomning tarqalib ketgan barcha qismlarining faksimilesini yigʻish va Oʻzbekistonga olib kelish boʻyicha ishlar davom etmoqda, — dedi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov.

GUJUM.UZ

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.