Besh qitʼa uzra kezar Navoiy

0
172
marta koʻrilgan.

9 fevral – buyuk oʻzbek shoiri, mutafakkir Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning tavallud kuni. Ushbu sana munosabati bilan mamlakatimiz boʻylab keng miqyosda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, uchrashuvlar va davra suhbatlari oʻtkazish anʼanaga aylangan.

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida boʻlib oʻtgan davra suhbatida sheʼriyat mulkining sultoni qoldirgan ulkan merosni oʻrganish va tadqiq qilishning maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyati haqida soʻz bordi.
 
Milliy kutubxonaga 1948 yili ulugʻ bobomiz nomi berilgan. Bu maskanning «Nodir nashrlar» boʻlimida Alisher Navoiy asarlari qoʻlyozmalari saqlanmoqda.
 
– Navoiy sheʼriyatning 16 xil janrida ijod qilgan, – deydi tadbir ishtirokchisi Izzatillo Musayev. – Uning gʻazal, ruboiy, tuyuq, fard, qitʼa, muxammaslarini oʻqib, bu kabi janrlarda hech bir shoir Navoiydek ijod qilmaganini anglaymiz. «Umidim uldurki va hayolimga andoq kelurki, soʻzim martabasi avjdan quyi enmagay va yozgan asarlarimning tantanasi aʼlo darajadan oʻzga yerni yoqtirmagay», deb yozgan edi buyuk shoir. Bugun chindan ham shoir asarlari dunyo boʻylab yuksak parvoz etmoqda. Ahli jahon uning maʼnaviyat chashmasidan bahramand boʻlmoqda.
 
Tadbir doirasida sheʼriyat kechasi, Navoiy ijodiga oid film namoyishi va kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi. Shoir gʻazallari bilan aytiluvchi qoʻshiqlar barchaga xush kayfiyat bagʻishladi.

Nasiba Ziyodullayeva, OʻzA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.