Beshta tashabbus Boʻka qiyofasini tubdan oʻzgartirdi

0
450
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Boʻka tumanida Beshta tashabbus doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. 

Boʻka tumani davlatimiz rahbarining ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha ilgari surgan beshta muhim tashabbusni hayotga joriy etish boʻyicha namuna qilib olingan. Boʻston, Chavlisoy, Yangiqoʻrgʻon va Rovot mahallalarida ulkan qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Davlatimiz rahbari Boʻston mahallasidagi Yoshlar istirohat bogʻida boʻldi. Qariyb 2 gektar maydonni egallagan bogʻda yoshlar voleybol, basketbol, shaxmat-shashka, stol tennisi bilan shugʻullanishi, attraksionlar, raqs maydoni, internet kafeda boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishi mumkin. Kitobxonlikni ommalashtirish maqsadida 4 mingga yaqin aholiga xizmat koʻrsatadigan Xalq kutubxonasi tashkil etildi. 450 tomoshabinga moʻljallangan “Boʻston arena” stadioni rekonstruksiya qilindi. Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi balansiga oʻtkazilgan stadionda barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Bu yerda 100 dan ziyod oʻquvchi-yosh futbol bilan shugʻullanadi.

Ilgari hudud aholisi oddiy tashxis uchun ham tuman markaziga borishga majbur edi. Hududdagi 7-sonli qishloq oilaviy poliklinikasi mukammal taʼmirlanib, zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. 100 qatnovga moʻljallangan shifo maskani beshta mahalladagi 14 mingdan ziyod aholiga xizmat koʻrsatadi. Bu yerda kunduzgi statsionar, ijtimoiy dorixona, elektron poliklinika tizimi yoʻlga qoʻyildi. 

Davlatimiz rahbari poliklinikadagi sharoitni, uning yonida barpo etilgan “Boʻston baraka chevarlari” MCHJga qarashli tikuvchilik sexini koʻzdan kechirdi, tikuvchi ayollar bilan muloqot qildi.

— Mening niyatim sizlarni rozi qilish, ayollarning charaqlagan baxtli koʻzlarini koʻrish. Sizlar xursand boʻlsangiz, oilalaringiz xursand boʻladi, bolalarning dunyoqarashi, maʼnaviyati oʻzgaradi, — dedi Prezident.

Mahalla guzarida goʻzallik saloni ochildi. Uzoq vaqt ishlamagan ushbu bogʻcha qayta taʼmirlandi va 150 bolani oʻz bagʻriga oladigan boʻldi. Guzardagi 1978 yilda qurilgan kinoteatr binosi shu kunga qadar qarovsiz holda edi. Bugun bu yerda 150 oʻrinli kinoteatr, raqs, doira, rubob, tasviriy sanʼat, fortepyano kabi toʻgaraklardan iborat zamonaviy madaniyat markazi qad rostladi. 

— Uzoq yillar Boʻka tumaniga yetarli eʼtibor berilmagani uchun xalqimizdan qarzimiz bor edi. Bugungi oʻzgarishlar — rahbarlar xohlasa nimalar qilishi mumkinligiga misol, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.