Bilim va maʼnaviyat bayrami

0
232
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida “Infolib Oʻzbekistan-2018“ anʼanaviy  bilim va maʼnaviyat bayrami boʻlib oʻtmoqda. Ushbu haftalik doirasida mutaxassislar uchun seminarlar, konferensiyalar, kitobxonlar bilan uchrashuvlar, tanlovlar oʻtkazilmoqda. 

Ushbu haftalik dasturiga binoan  Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist Muhammadjon Obidovning «Jurnalist surishtiruvi: tajriba va tahlil» amaliy qoʻllanmasining taqdimoti ham boʻlib oʻtdi.

Tadbirda filologiya fanlari doktori, yozuvchi Xurshid Doʻstmuhammad, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist, shoir Abusaid Koʻchimov, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalistlar Raʼno Zaripova hamda Komiljon Karimjonov va boshqalar oʻz -fikr mulohazalari bilan qatnashdilar.

Qoʻllanma «Fargʻona» nashriyotida chop etilgan.

R.Sapoyeva

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.