Shu kunlarda yurtimiz boʻylab Oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakillaridan Alisher Navoiy va Zaxiriddin Muxammad Bobur tavallud sanalari keng nishonlanilmoqda.
Oʻzbek adabiyoti xazinasiga ulkan xissa qoʻshib, maʼnaviy merosimizni oʻzlarining minglab gʻazallari, doston va asrlar osha yashab kelayotgan goʻzal asarlari ila boyitib, tarix zarvaraqlarida oltin zarxallar ila nom qoldirib ketgan bu ulugʻ siymolarimizning ijodini kelajak avlodlarga yetkazish maqsadida, ayniqsa bugungi kun yoshlarining qalbiga chuqur singdirish yoʻlida mutafakkirlarimizning ijodini keng targʻib qilish asosiy maqsadlarimizdandir.
Shularni inobatga olgan holda, Toshkent shahar axborot-kutubxona markazi mutahassislari bu borada turli oʻquv yurtlarida boʻlib, adabiyotlar koʻrgazmasi, davra suhbatlari, hamda bir qancha maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirib kelmoqdalar. 2024-yilning 12-fevral kuni Chilonzor tumanida joylashgan 194-umumiy oʻrta taʼlim maktabi yoshlari va “Faol kitobxon klubi” aʼzolari uchun maktabning katta zalida “Sevimli yozuvchim bilan uchrashuv” loyihasi doirasida “Bir davrning ikki dahosi” nomli maʼnaviy -maʼrifiy tadbir va mavzuga doir “Bilim” AKM tomonidan “Ikki buyuk allomalar” mavzusida adbiyotlar koʻrgazmasi tashkil etildi.
Tadbirni maktabning oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Q. Yoʻldosheva ochib, allomalarimizning ijodiga toʻhtaldi. Tadbir maktab oʻquvchilarining badiiy chiqishlari, adiblarning gʻazal va dostonlari, asarlari asosida sahna koʻrishlarini namoyish etish bilan davom etar ekan, ayniqsa “Farxod va Shirin”, “Xayratul abror” dostonlari asosida xavola etilgan saxna koʻrinishlari barchada qizgʻin taasurotlar uygʻotdi.
Bobur qalamiga mansub “Boburnoma” asaridan parchalar, gʻazallaridan namunalar maktabning yuqori sinf oʻquvchilari tomonidan ifodali oʻqib eshittirildi. Maktabning oʻzbek tili va adabiyoti oʻqituvchisi M. Achilova tomonidan tayyorlangan bu kecha barcha ishtirokchilar qalbida muhim ahamiyat kasb etdi. “Bilim” axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan allomalarimizning ijodi, hamda xayotiga taaluqli “Viktorina” savol -javoblari va Alisher Navoiy xaqida biz bilgan va bilmagan yettita dalil- savol Sh. Atadjanova tomonidan bolalar xukmiga xavola etilib, faol va gʻolib oʻquvchilarga kutubxona tomonidan kitoblar taqdim qilindi.
Tadbir yakunida mavzuga mos adabiyotlar koʻrgazmasidan oʻrin olgan kitrblarning mazmun-mohiyatini “Bilim” AKM mutaxassisi L. Ishmatova sharxladi. Ajdodlarimiz merosini oʻrganish, kelajakka qoʻyilgan poydevordir. Shuning uchun xam yoshlar va bolalar orasida bunday tadbirlarni yanada kengroq oʻtkazish har tomonlama maqsad sari yetaklaydi.
Sh. Atadjanova, Toshkent shahar “Bilim” AKM mutaxassisi