Pekin shahridagi Xalq yigʻinlari uyida “Bir makon, bir yoʻl” uchinchi xalqaro forumida ishtirok etayotgan delegatsiyalar rahbarlarini rasmiy kutib olish marosimi boʻldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va rafiqasi tantanali kutib oldi.
Marosimda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban, Pokiston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Anvar ul-Haq Kakar, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, qator boshqa mamlakatlarning davlat va hukumatlar rahbarlari ham ishtirok etdi. Birgalikda suratga tushildi.
Mehmonlarga teatrlashtirilgan konsert dasturi taqdim etildi.
Forumning asosiy tadbirlari 18 oktyabr kuni boʻlib oʻtadi.