30 yanvar, Toshkent shahri. Anʼanadagidek, Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga keng jamoatchilik yigʻildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bu yerga tashrif buyurib, Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻydi.
Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, ziyolilar ham Birinchi Prezidentimiz xotirasiga hurmat koʻrsatdi.
El fidoyilarini unutmaslik, yaxshi ishlarini eslash va qadrlash millatning millatligini koʻrsatadigan jihat. Bu keyingi avlodlar uchun ham ibrat, ham fazilatdir.
Marosimda ana shunday ehtirom namoyon boʻldi. Qurʼon oyatlari oʻqilib, duo qilindi. Birinchi Prezidentimizning mamlakatimiz manfaati yoʻlidagi tarixiy ishlari, olijanob xislatlari yodga olindi.
Davlatimiz rahbari majmuada Islom Karimov muzeyini tashkil etish ishlarining borishi bilan tanishdi.
Islom Karimovning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qoʻyildi.