Birinchi Prezident xotirasiga hurmat koʻrsatildi

0
124
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning qaroriga muvofiq, Islom Karimov vafot etgan 2 sentyabr sanasi Xotira kuni sifatida belgilangan. Bu kunda jamoatchilik yigʻilib, Birinchi Prezidentimizni yod etish ezgu anʼanaga aylangan, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Davlatimiz rahbari bugun Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi. Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambar qoʻyib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Qurʼon tilovat qilindi.

Oʻtganlarni yaxshiliklari bilan eslash — ezgu fazilat. Ajdodlar hurmatini joyiga qoʻygan insonning oʻzi ham hurmatga loyiq.

Shavkat Mirziyoyev istiqlolimizning 30 yillik bayramiga bagʻishlangan tantanali marosimda Islom Karimov Oʻzbekiston mustaqilligini eʼlon qilib, tariximizning eng murakkab va ogʻir davrlarida davlatimizni boshqarganini taʼkidladi.

Ushbu xotira tadbiri ham xalqimizning Birinchi Prezidentga hurmati ifodasidir.

Marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, poytaxt jamoatchiligi vakillari ham ishtirok etdi.

Islom Karimovning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qoʻyildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.