Birinchi Prezidentimiz yodga olindi

0
57
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 yanvar kuni Toshkent shahrida Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻydi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq. Oʻzbekistonning mustaqillikka erishishi va davlat qurilishida Birinchi Prezidentimizning ulkan xizmatlari borligini hurmat bilan yodga olamiz.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning eʼtibori bilan uning xotirasi abadiylashtirildi, maqbarasi barpo etildi. Islom Karimov tavallud topgan 30 yanvar kunini nishonlash anʼanaga aylandi. 

Fidoyilarini eʼzozlagan xalq hamisha hurmatga sazovor. Xotira tadbiri buning yana bir ifodasi boʻldi. Qurʼon oyatlari oʻqilib, duo qilindi. Birinchi Prezidentimizning Oʻzbekiston manfaati yoʻlida qilgan ishlari, insoniy fazilatlari yodga olindi.

Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasida oʻtgan marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, shahar jamoatchiligi ishtirok etdi.

Birinchi Prezidentimizning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qoʻyildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.