Birinchi Prezidentimizga hurmat oʻz tariximizga hurmat ifodasidir

0
120
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2 sentyabr kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambar qoʻydi,  deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

Islom Karimov bundan oʻttiz bir yil oldin mamlakatimizning milliy mustaqilligini dunyoga eʼlon qilgan edi. Bu davlatchiligimizni va insoniy haq-huquqlarimizni tiklab, barcha yutuq va marralarimizning zamini boʻldi. Shu bois, Birinchi Prezidentimizga hurmat oʻz tariximizga hurmat ifodasidir.

Xotira tadbirida Islom Karimovning xalqimiz manfaati yoʻlidagi xizmatlari yodga olindi. Qurʼon tilovat qilindi.

Davlatimiz rahbari ustozlarni qadrlash va hamisha yodga olish kerakligini, bu yosh avlodga oʻrnak boʻlishini taʼkidladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, poytaxt jamoatchiligi vakillari ham Birinchi Prezidentimiz haykaliga gullar qoʻydi.

Shunday tadbirlar Samarqand va Qarshi shaharlarida ham oʻtkazildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.