Birinchi renessans davrida yashagan allomalar tarixda oʻchmas iz qoldirgan boʻlib, ular jahon madaniyati, ilm-u fani ravnaqiga bevosita oʻzlarining ulugʻvor taʼsirini koʻrsatgan mutafakkirlardir. Islom olamining ilm-maʼrifat bilan charogʻon boʻlishida hamda diniy va dunyoviy ilmlarni yuksak choʻqqiga olib chiqishda hissalari beqiyosligi tufayli hamon ulugʻlanadi:
Abu Muxammad ibn Muso al-Xorazmiy (783–850) – algebra fanining asoschisi, “algoritm” atamasiga zamin yaratgan buyuk matematik.
Ahmad al-Fargʻoniy (797–865) – “Alfraganus” nomi bilan tanilgan, Yevropa universitetlaridagi asosiy darsliklarga ilhom bergan olim.
Imom al-Buxoriy (810 – 870) – Hadis ilmining sultoni. Islom olamida Qurʼondan keyingi eng muhim manba sifatida eʼtirof etilgan, mashhur «Al-jome as-Sahih» asari muallifi.
Abu Nasr Forobiy (873–950) – “Sharq Arastusi” deb eʼtirof etilgan, “Fozil odamlar shahri” asari bilan falsafa va ijtimoiy fikrga yangi yoʻnalish bergan.
Abu Mansur Moturudiy (870 – 944) – buyuk imom, fiqh olimi, kalom ilmining moturidiya oqimi asoschisi. «Kitob at – tavhid», «Taʼvilat ahl as – sunna» kabi asarlar muallifi.
Abu Rayhon Beruniy (973–1048) – astronomiya, geografiya va matematikada dunyoga mashhur kashfiyotlarni amalga oshirgan zukko olim.
Abu Ali Ibn Sino (980–1037) – tibbiyot fanining sultoni, gʻarbda “Avitsenna” nomi bilan mashhur olim, “Tib qonunlari” asari bilan tib ilmiga asos qoʻygan.
Mahmud Koshgʻariy (1028 – 1126) – Turkologiya fani asoschisi. Dunyodagi eng birinchi turkiy tildagi izohli lugʻat – «Devonu lugʻotit turk» muallifi.
Abulqosim Mahmud az-Zamahshariy (1075 – 1144) – Dunyodagi eng birinchi arab tili grammatikasiga oid qoʻllanma muallifi. Kaʼbaning yonida yashab yetti iqlimga «Jorulloh» — Allohning qoʻshnisi nomi bilan tanilgan buyuk alloma.
Burhoniddin Margʻinoniy (1123 – 1197) – Dunyoga mashhur huquqshunos. Fiqh sohasida eng aniq, izchil, mukammal sanalgan «Hidoya» asari muallifi.
gujum.uz