Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrif yakunlandi

0
63
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga yetdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oʻzbekiston yetakchisi Amirliklar poytaxti Abu-Dabi shahrida BAA Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan samarali muzokaralar hamda ushbu mamlakatning yetakchi davlat tashkilotlari, kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.

Muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlar toʻplami, shu jumladan Strategik sheriklik oʻrnatish toʻgʻrisida deklaratsiya qabul qilindi.

Davlatimiz rahbari «Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi» xalqaro sammiti ochilishi hamda barqaror rivojlanish sohasidagi Shayx Zoid nomidagi mukofotni topshirish marosimida ishtirok etdi, sammitning yalpi majlisida qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Bugun Dubay shahrida Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan muzokaralar boʻlib oʻtdi.

Tashrif yakunida Dubay xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Dubay fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi prezidenti, «Emirates» kompaniyalar guruhi raisi va bosh direktori Shayx Ahmad bin Said Ol Maktum va BAA hukumat ishlari boʻyicha vaziri Muhammad bin Abdulla al-Gargaviy kuzatib qoʻydi.

Davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.