Birlashgan Arab Amirliklariga tashrif samarali boʻldi

0
113
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi samarali boʻldi,  deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.   

Davlatimiz rahbari Abu-Dabi shahrida mazkur Amirlik valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qoʻmondoni oʻrinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan, Dubay shahrida BAA vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum va boshqa rasmiy shaxslar bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.

Muloqotlar chogʻida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, energetika, qishloq xoʻjaligi, turizm va boshqa sohalardagi amaliy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi hamda oʻzaro manfaatli hujjatlar va umumiy qiymati 10 milliard dollardan ziyod investitsiya kelishuvlari imzolandi. 

Prezidentimiz Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifini yakunlab, Toshkentga joʻnab ketdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.