BMT Bosh kotibi Oʻzbekiston Prezidentiga tabrik yoʻlladi

0
297
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Janobi Oliylari!

Oʻzbekiston Respublikasi xalqini Mustaqillik kuni bilan samimiy muborakbod etish menga katta mamnuniyat bagʻishlaydi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining boyligi unga aʼzo davlatlar xilma-xilligidadir. Biz, xalqlar, tashkilotimiz Ustavida mustahkamlab qoʻyilgan qadriyatlarni qoʻllab-quvvatlash yoʻlida birlashganimizda faoliyatimiz kuchayib boraveradi. Global xatarlar, shu bilan birga, ulkan imkoniyatlar davrida ushbu ezgu qadriyatlar bizni bogʻlab turadi.

Mamlakatingiz ushbu milliy bayramni nishonlayotgan kunlarda Sizni ishontirib aytamanki, men Birlashgan Millatlar Tashkiloti samadorligini oshirish hamda barcha uchun tinchlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlarini rivojlantirish yoʻlida faol harakat qilaman. 

Janobi Oliylari, Sizga boʻlgan yuksak ehtiromimni qabul qilgaysiz.

                                                                  Antoniu Guterrish,
                                                Birlashgan Millatlar Tashkiloti
 Bosh kotibi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.