Boks boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boshlandi

0
115
views

Bugun Toshkentda boks boʻyicha kattalar oʻrtasidagi mamlakat chempionatiga start berildi.

Erkaklar va ayollar oʻrtasida oʻtkazilayotgan mazkur musobaqada yurtimizning eng kuchli charm qoʻlqop ustalari gʻoliblik uchun bahs olib borishmoqda.

Chempionatda Parij-2024 yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan Hasanboy Doʻsmatov, Abdumalik Xalokov, Bahodir Jalolov va Nigina Oʻktamovadan boshqa barcha bokschilar ishtirok etadi.

Musobaqa murabbiylar shtabi uchun kelasi yil oʻtadigan turnirlarga terma jamoa tarkibini shakllantirib olishga yordam beradi. Bahslar “Universal” sport majmuasida oʻtkazilmoqda.

GUJUM.UZ
PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here