Boks: yangi Oʻzbekistonga yangi gʻalabalar

0
191
marta koʻrilgan.

«Humo» arenasida boʻlib oʻtgan professional boks kechasi oʻz yakuniga yetdi. Sakkiz jangning barchasida ustun kelgan hamyurtlarimiz yangi Oʻzbekistonga yangi gʻalabalarni taqdim qilishdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Vazirining oʻrinbosari Aziz Abduhakimov, yurtimizda boʻlib turgan Xalqaro boks assotsiatsiyasi prezidenti Umar Kremlyov, Osiyo boks konfederatsiyasi prezidenti Anas Alotayba ushbu kechaning faxriy mehmonlaridan boʻlishdi. Mutasaddilar janglar avvalida “Humo arena»ni aylanib, sharoitlar bilan tanishib chiqdilar.

Ushbu nufuzdagi musobaqa Markaziy Osiyo mintaqasida ilk bor tashkil qilindi. Janglarni Iqboljon Xoldorov oʻzining chiroyli nokauti bilan boshlab berdi. Shundan soʻng Sanjar Tursunov, Mirazizbek Mirzahalilov, Hasanboy Doʻsmatov, Bahodir Jalolov, Isroil Madrimov, Shahram Gʻiyosov va yakunda Murodjon Ahmadaliyev ham oʻz gʻalabalari bilan millionlab hamyurtlarimizni xushnud qilishdi. Markaziy jangda WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyevning nokauti barchani yanada ruhlantirdi.

Isroil Madrimov ham professional boksda navbatdagi gʻalabani qoʻlga kiritdi.  Katta shouga aylangan janglarda xorazmlik «charm qoʻlqop» ustasi Isroil Madrimov  kongolik Emmanuel Kolomboga qarshi ringga koʻtarildi. 10 raundga moʻljallagan bahs oxirigacha davom etdi. Yakunda Madrimovning qoʻli baland kelib, 7-gʻalabasiga erishgan boʻlsa, bu magʻlubiyat Kolomboning faoliyatidagi ilk muvaffaqiyatsizlik boʻldi.

gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.