Oʻtgan yili mamlakatimizda xotin — qizlarga qator imtiyozlar berildi. Oʻzbekiston Respublikasi Kodeksi va qonunlariga koʻplab oʻzgartishlar kiritildi.
Jumladan, “Fuqarolarning va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–752-son) toʻqqizinchi fevral kuni 2022 yil sanasida qabul qilingan.
Ushbu Qonunga asosan, Mehnat kodeksi 234-moddasining beshinchi qismiga oʻzgarish kiritildi. Oʻzgarishga koʻra ayolning bola parvarishi taʼtilida boʻlgan vaqti xammasi boʻlib 6 yil davomida mehnat stajiga qoʻshilishi belgilangan. Oldingi tartibga koʻra bu muddat 3 yil qilib belgilangan edi.
Savol tugʻilishi mumkin. Endi ayollar uch yil bola parvarishi taʼtilida boʻlsa -yu, oʻsha uch yil uchun unga 6 yil staj qoʻshiladimi deb, lekin unday emas. Gap shundaki, oldingi norma boʻyicha ayol bola parvarishi taʼtilidan qaytmasidan ikkinchi marta farzandli boʻlsa, u yana bola parvarishi taʼtiliga chiqishi mumkin boʻlar edi. Aytaylik ayol ikki marta dekret taʼtiliga chiqib, 3 yildan olti yil dekretda boʻlsa xam unga faqat uch yil uchun mehnat staji yozilar edi. Endilikda mana shu muddat oʻzgardi va olti yil qilib belgilandi.
GUJUM.UZ