Bolajonlar grippga qarshi vaksina bilan emlanmoqda

0
112
marta koʻrilgan.

Kuz-qish mavsumida    avj oladigan grippga qarshi emlash xastalikning oldini olishda eng yaxshi vosita boʻlib, bolalar organizmining yuqumli kasallikka chidamligini oshiradi.

Yakkasaroy tumanidagi 150-sonli maktabgacha taʼlim davlat tashkilotida  tumandagi 59-oilaviy poliklinika shifokorlari tomonidan grippga qarshi emlash  tadbiri oʻtkazildi. 

Yurtimizga olib kelingan “Grippol plyus” vaksinasi Rossiyada ishlab chiqarilgan boʻlib, samaradorligi xalqaro darajada eʼtirof etilgan. Uning nojoʻya taʼsirlari va emlashga qarshi koʻrsatmalari deyarli yoʻq. Vaksina grippning Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan tasdiqlangan shtammlariga qarshi ishlaydi, yaʼni kasallikning oldini oladi.

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.