Oliy Majlis Senati binosida 1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bir guruh oʻgʻil-qizlarimiz bilan uchrashuv tashkil etdik.
Bolalar uchun Senat binosiga ekskursiya uyushtirildi, qonunlarni qabul qilish, ularning ijrosi yuzasidan parlament nazoratini tashkil etish jarayonlari bilan tanishtirildi.
Ochiq va samimiy muhitda oʻtgan uchrashuvda bolajonlarimiz oʻzlarining hozirgi sharoiti va kelajakdagi rejalari haqida soʻzlab berishdi. Yosh boʻlishlariga qaramay fan, sport va boshqa yoʻnalishlarda erishgan muvaffaqiyatlari bilan oʻrtoqlashishdi.
Farzandlarimizning orzu-istaklarini tinglab, kelajakda albatta yetuk mutaxassislar, yurtiga sadoqatli insonlar boʻlib yetishishlariga ishonch bildiramiz.
Manbaa: @tanzilanarbaeva