Bolalarda kompyuter va axborot vositalariga sogʻlom qiziqish yoki gadjetlarga qaramlik yuzaga kelayotganligini qanday aniqlash mumkin.
Buning uchun bola xatti-harakatlarini kuzatish va quyidagi holatlarga eʼtibor berish lozim:
Bola qancha vaqtini kompyuter oʻyinlari bilan oʻtkazishini aniqlash kerak. Agar bir soatdan ortiq boʻlsa qaramlik xavfidan tashvishlanish mumkin. Bola kompyuter yoki planshet kabilarsiz ham oʻyinlar bilan shugʻullana olishi ham ahamiyatli. Bolani ovqatlanish yoki biror boshqa sabablar bilan chaqirilganda kompyuter yonidan ketib, qanchalik tez javob beradi yoki chaqirgan inson oldida hozir boʻlishi ham ushbu kasallikka moyillikdir. Bolaning qogʻozga qalam yoki boʻyoq bilan rasm chizishga yoki kitob oʻqishga qiziqishlarining mavjudligi ham koʻp hodisalarning oldini olish kerakligini koʻrsatadi. Ayniqsa, bolaning bir yoki bir necha kun mobaynida kompyuterdan foydalanmay, boshqa mashgʻulotlar bilan bandligiga eʼtibor qaratish zarur.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, bolaning kompyuter oʻyinlariga qaramlik darajasi yoki shunchaki undan baʼzan zarur holatlardagina foydalanishi haqida maʼlumotga ega boʻlish mumkin. Bundan tashqari, kompyuter oʻyinlariga qaramlik yuzaga kelishi mumkinligini bolaning xatti-harakatidagi belgilarga muvofiq ham aniqlash mumkin: muntazam kompyuter oʻyinlari bilan band boʻlgan bola shaxsiy xususiyatlarida ilgari kuzatilmagan jizzakilik. asabiylik, gapga quloq solmaslik. injiqlik, tajavuzkorlik, enurez… kabilarning yuzaga kelishi kompyuterga qaramlikdan darak beradi.
Bola psixikasi kompyuter oʻyinlari davrida zararlanishi va ortiqcha yuklama olishi mumkin. Bunga hayajonga soluvchi, salbiy kutilmagan syujetlarga ega, ruhiy zoʻriqtiradigan oʻyinlar misol boʻla oladi. Bolalarda koʻpincha quyidagi:
kompyuter oldida bola kayfiyatning yaxshiligi; oʻyindan toʻxtashni xohlamaslik; kompyuter oldida uzoq vaqtni koʻngilli oʻtkazish; kompyuter oldida oila va yaqinlarga qoʻpol munosabatda boʻlish; oʻz faoliyati haqida yolgʻon gapirish kabi salbiy psixologik belgilar paydo boʻlishi mumkin.
Bundan tashqari, quyidagi salbiy jismoniy belgilarni kuzatish mumkin: koʻzda qichishish va kipriklarini pirpiratish va bosh hamda bel ogʻrigi; ovqatlanish tartibiga rioya etmaslik; shaxsiy gigiyenaga rioya etmaslik: toʻyib uxlamaslik kabilarni kuzatish mumkin.
Afsuski. hozirgi davrda deyarli koʻpchilik bolakaylar ochiq havoda faol harakatli oʻyinlar: masalan varrak uchirish. koptok oʻynash, bekinmachoq va boshqalar bilan shugʻullanmayaptilar. Axir faol va sogʻlom turmush tarzi — bu bolalarning sogʻlom rivojlanishlarining garovidir. Buning oʻrniga turli filmlar tomosha qilish, mobil telefonlari va planshet va boshqalardagi oʻyinlar bilan koʻp vaqt oʻikazadilar. Bolalarning sogʻlom rivojlanishi, ularning taʼlim-tarbiyalari uchun ota-onalar javobgardirlar.
Agar ular bolaga kitob mutolasi va boshqalarga jalb etish, shuningdek, jajji goʻdaklik davrilaridayoq axloq-odob meʼyorlari asosida muhim qoidalarni singdirib borish avvalo, ota-ona va tarbiyachi hamda oʻqituvchilarning asosiy burchlaridir.
Sayyora MIRZAYEVA, Chirchiq davlat pedagogika universiteti Psixologiya kafedrasi dotsenti