Bosh vazir raisligida videoselektor majlisi boʻlib oʻtdi

0
107
marta koʻrilgan.

Bugun, 20 avgust kuni Vazirlar Mahkamasida Qurbon hayitini munosib nishonlash masalasiga bagʻishlangan selektor majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov olib bordi.

Majlisda xalqimizning maʼnaviy hayotida alohida oʻrin tutadigan, muqaddas islom dinining ezgu gʻoyalarini yaqqol ifoda etadigan, qadimiy bayramimiz Qurbon hayitini keng bayram sifatida nishonlash bilan bogʻliq masalalar koʻrib chiqildi.

Qurbon hayitini joylarda koʻtarinki ruhda, tartibli va xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda oʻtkazish, hayit namozi oʻqiladigan barcha masjidlarda fuqarolarning ibodat qilishlari uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish, erta tongdan jamoat transport qatnovini tashkil etish, masjidlar atrofida avtomobillar vaqtincha turar joylarni hozirlash yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli koʻrsatmalar berildi.

Shu bilan birga, har bir tuman, mahalla, ovul va qishloqlardagi yordamga muhtoj nogironlar, yolgʻiz keksalar, boquvchisini yoʻqotgan fuqarolar, kam taʼminlangan oilalarga hamda «Mehribonlik», «Muruvvat», «Saxovat» uylariga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatish yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklarga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, bozorlarda savdo xizmatini yuqori saviyada tashkil etish, istirohat bogʻlari, odamlar gavjum boʻladigan joylarda aholi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish lozimligi taʼkidlandi.

Selektor majlisida Hukumat aʼzolari, viloyat hokimlari, tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari hamda masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.