BRAYL ALIFBOSIDAGI YANGI KITOBLAR

0
285
marta koʻrilgan.

Joriy yilning 19 fevral kuni Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi YeXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi bilan birgalikda Brayl alifbosida chop etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, shuningdek, davlat tilidagi “BMTning nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasi” oʻquv qoʻllanmasi taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Taqdimotda Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov, YeXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi Djon Mak Gregor soʻzga chiqdilar, ular tadbir ishtirokchilarini Brayl alifbosida nashr etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, shuningdek davlat tilidagi “BMTning nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasi” oʻquv qoʻllanmasi bilan tanishtirdilar.

Tadbirda taʼkidlanganidek, mamlakatimizda birinchi marta Brayl alifbosida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi rasmiy nashri hamda 2020 yil 15 oktyabrda qabul qilingan “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisidagi” Qonuni nashr etildi.

Ushbu nashrlar Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini amalga oshirish doirasida Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan YeXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi koʻmagi bilan chop etilganligi alohida eʼtirof etildi.

Mamlakatimizda nogironligi boʻlgan shaxslar, yoshlar, ayollar va keksalarni ijtimoiy himoya qilish inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi hisoblanadi.  Shuni ham qayd etish joizki, hozirgi kunda koʻzi ojizlar uchun Respublika Markaziy kutubxonasi, 13 ta viloyat kutubxonalari hamda tuman (shahar)larda ularning 119 ta filiallari faoliyat yuritmoqda. Ushbu kutubxonalarda esa 126 mingdan ziyod Brayl yozuvidagi kitoblar mavjud.

Anvar QOBILOV, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi Matbuot xizmati rahbari

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.