Bugun 18 apreldan karantin qoidalari kuchaytirildi

0
131
marta koʻrilgan.

Abdulla Aripov boshchiligida koronavirusga qarshi kurash komissiyasining kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda joriy yil 18 apreldan karantin qoidalari yanada kuchaytirilishi maʼlum qilindi.

Bogʻcha va maktablarda kasallanish holati aniqlangan taqdirda, ularning faoliyatini zudlik bilan toʻxtatiladi hamda 2 haftaga karantinga olinadi. Qayd etilishicha, ushbu vaqt mobaynida ular onlayn tartibida faoliyat yuritadi.

 Muqaddas Ramazon oyida taroveh namozlarini ochiq hududlarda ado etish boʻyicha koʻrsatma berildi. Shuningdek, iftorliklarni imkon qadar oila davrasida yoki 100 kishidan oshmagan holatda oʻtkazish zarurligi maʼlum qilindi.

1 maydan boshlab, konsert tomosha tadbirlarini yopiq maskanlarda oʻtkazish boʻyicha cheklov joriy etilmoqda. Shuningdek, yirik savdo majmualari va bozorlarda, doʻkonlarda karantin qoidalariga qatʼiy amal qilinishi qatʼiy nazoratga olinishi aytildi. 

Barcha umumiy ovqatlanish muassasalarida oʻrinlar 50 foizgacha cheklanadi, biroq 100 kishidan oshmasligi nazorat qilinadi.

Bundan tashqari, avtobuslarda oʻrindiqlarning soni 50 foizgacha cheklanadi. Oʻz navbatida, avtobuslar soni koʻpaytiriladi.

Bosh vazir tibbiy niqobsiz yurgan fuqarolarni keskin tanqid qildi.

Bosh vazir Abdulla Aripov: “Prezidentimiz boshidan bu masala boʻyicha toʻgʻri yoʻnalish berdilar. Hozirgi kunda vaksinatsiya boshlangan har bir punktda eng kamida ikkitadan vaksinani taklif qilyapmiz. Bu yil pandemiya bilan kurashish uchun 3 trillion soʻmdan ortiq mablagʻ ajratib berilgan.Biroq, bu masalaga alohida eʼtibor qaratishimiz lozim. Barqarorlikka erishilishi, mutaxassislarning tavsiyasi bilan toʻy va maʼrakada qatnashuvchilar sonini 100 kishigacha oshirdik.

Hattoki, baʼzi rahbarlar ham 100 kishi mumkin ekan deb, toʻylarni 200-300 kishilik qilib oʻtkazyapti. Davlat boshqaruv idoralarida rahbar lavozimlarida ishlayotganlarning oʻzi shuni qilyapti. Shunday maʼlumotlar ham yoʻq emas, kerak  boʻlsa, aynan shu deb lavozimidan ketadi.

Kuni kecha prezidentimiz shu boʻyicha juda qattiq eʼtiroz bildirdilar. Bir-ikki rahbar karantin talablariga rioya qilmagani uchun ham ishdan ketadi. Kechirasizlar-ku, oldin toʻylarni toʻxtatishgacha borgan boʻlsak, hozir ham Xalq salomatligi uchun  ushbu ishni qilamiz». 

Karantin talablari yana kuchaytirildi. Bu sizu bizning zimmamizga yanada katta masʼuliyat yuklaydi.  Har birimiz karantin tartib-qoidalariga yanada  qatʼiyat bilan amal qilishimiz lozim. Shu yoʻl bilan oʻzimizni, oilamizni, qoʻni-qoʻshnimizni provardida yurtimiz ahlini asraymiz.

gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.