Bugun, 24 iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 67 yoshni qarshi oldi

0
44
marta koʻrilgan.

Prezidentimizning tavallud  ayyomi bilan kuyovi  Otabek Umarovning oʻz instagramida yozgan dil soʻzlarini farzandlarim koʻrsatganida koʻnglim bir qalqib ketdi. 

Onalik mehrim joʻsh urdi. Barchaga ana shunday milliy qadriyatlarni ardoqlab yashaydigan, mehribon oʻgʻil-kuyovlar nasib qilsin, deya ezgu tilaklar bildirdim.

Otabek UMAROVning dil soʻzlari: Bugun Shavkat Miromonovich MIRZIYOYEV shaxsiy oromidan, farogʻatidan, rohatidan voz kechib Oʻzlarini shu Vatan, shu Davlat ravnaqiga borlarini bagʻishlaganlariga 2779 kun boʻldi.
2779 mashaqqatli, gohida iztirobli bu kunlar, uyqusiz tunlar natijasida Yurt obod, xalq farovonlikka erishmoqda. Oʻzbekning qaddi koʻtarilmoqda, Oʻzbekistonning shoni dunyoga taralmoqda!!!
Tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin MILLATIMIZNING LIDERI!!!
Tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin BUTUN DUNYODAGI OʻZBEKISTONLIKLAR PREZIDENTI!!!
Tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin DADAJON!!!

Biz ham Davlatimiz rahbariga mustahkam sogʻliq, xalq xizmati yoʻlida esa doim kuch-quvvat tilaymiz! Yurt tinchligi,  Vatanimiz ravnaqi va oilalar osoyishtaligi yoʻlidagi goʻzal amallar bardavom boʻlaversin, deya ezgu tilaklar bildirib qolamiz!

GUJUM.UZ  sayti tahririyati nomidan Raʼno  ZARIPOVA, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.