Bugun saylovchilar bilan uchrashuvning yaʼni targʻibot-tashviqotning oxirgi kuni

0
164
marta koʻrilgan.

Urganch shahridagi 9203 xarbiy qismda Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga 117- Urganch saylov okrugidan koʻrsatilgan nomzod Bekchanova Dilbar Zaripovna oʻz saylovchilari bilan uchrashdi.

Unda partiya faollari, harbiylar ishtirok etdilar.

Saylovchilar bilan uchrashuvda  nomzod saylovoldi dasturiga alohida toʻxtaldi. Soʻzga chiqqanlar siyosiy partiyalar tomonidan ilgari surilayotgan gʻoyalar yurtimizni yanada taraqqiy ettirishda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidlashdi.

Maʼlumki, partiya Dasturi – barcha darajadagi deputatlikka nomzodning dasturi uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Jumladan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodning dasturida, eng avvalo, qonunlar qabul qilish, ularning bajarilishini parlament tomonidan nazorat qilish orqali muammolarni yechishga koʻmaklashish, aniq bir saylov okrugidagi saylovchilarning davlat manfaatlariga javob beruvchi ehtiyojlarini hisobga olish masalalari aks etishi kerak, albatta.

Shuningdek, Urganch shahridagi 53008  va 7260 harbiy qismda faoliyat yuritayotgan saylovchilar bilan ham  uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.

Nomzod kecha viloyat kasalxonasida  ishlayotgan saylovchilar bilan, bugun esa 3-oilaviy poliklinika vrach va hamshiralari bilan uchrashib, partiya dasturi va undan kelib chiqadigan vazifalar hamda oʻzining shaxsiy dasturida belgilangan vazifalar  haqida gapirdi.

Aziz vatandoshlar! Yurtimiz ravnaqiga befarq boʻlmang, davlatimizning taraqqiyotiga oʻz hissangizni qoʻshing. Buning uchun hurmatli  saylovchilar 22 dekabrda boʻlib oʻtadigan saylovlarda faol ishtirok qiling.

R.Sapayeva

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.