Butunjahon turizm tashkiloti bilan hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan muhim hujjatlar imzolandi

0
36
views

Samarqandda oʻtayotgan Butunjahon turizm tashkiloti (YUNVTO) Bosh Assambleyasi 25-sessiyasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida Samarqandga “Madaniy turizmning xalqaro poytaxti” maqomini berish toʻgʻrisida deklaratsiya hamda Xalqaro turizm akademiyasini tashkil etish toʻgʻrisida bitim qabul qilindi.

Hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza va iqlim oʻzgarishi vaziri A.Abduhakimov va YUNVTO bosh kotibi Z.Pololikashvili tomonidan imzolandi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here