Buxoro viloyatida 90 ming ish oʻrni yaratiladi

0
130
marta koʻrilgan.

Peshku tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyati faollari va mutasaddi rahbarlar ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtmoqda, deya xabar berilmoqda Prezident.uz saytida. 

Davlatimiz rahbari oʻtgan yili viloyatda amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilib, ustuvor vazifalarni belgilab bermoqda.

Shavkat Mirziyoyev Buxoroga tashrifdan eng asosiy maqsad odamlarni ish bilan taʼminlash ekani, aniq loyihalarni hayotga tatbiq etish hisobidan viloyatda 90 ming ish oʻrni yaratilishi rejalashtirilganini taʼkidladi.

Sanoat, qishloq xoʻjaligi, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ish oʻrni yaratgan subyektlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, mahalliy byudjetga tushumlarni oshirish masalalari muhokama qilinmoqda.

Joylardagi ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, aholi turmushi uchun qulayliklarni oshirishga eʼtibor qaratilmoqda.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.