Buyuk Britaniya TIV delegatsiyasi bilan uchrashuv

0
108
marta koʻrilgan.

2018 yilning 10 aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha katta muzokarachisi Sara Kroft boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Suhbat chogʻida ikki va koʻp tomonlama shakllardagi Oʻzbekiston-Buyuk Britaniya munosabatlarining dolzarb jihatlari muhokama qilindi.

Uchrashuvda asosiy eʼtibor Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi bilan bogʻliq dolzarb masalalarga qaratildi. Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi amaldagi Bitim qoidalarini “Brexit”​ jarayonidan soʻng kuchga kirishi kutilayotgan ikki tomonlama Oʻzbekiston-Buyuk Britaniya shartnomasi loyihasiga kiritish toʻgʻrisida soʻz yuritildi.

Muzokaralarda Buyuk Britaniya Elchisi Kristofer Alan ishtirok etdi.

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.