Tavallud topgan kunim munosabati bilan chin dildan qutlab, oʻzlarining samimiy tabriklari va ezgu tilaklarini yoʻllagan davlat va hukumat boshliqlariga, xorijiy siyosat va jamoat arboblari, ishbilarmon doiralar vakillariga, xalqaro tashkilotlar rahbarlariga, yurtimizdagi mahallalar va mehnat jamoalariga, barcha vatandoshlarimga chuqur minnatdorlik izhor etaman.
Mening shaʼnimga bildirilgan bu tabrik va tilaklarni, avvalo, Oʻzbekiston xalqi va davlatiga yuksak hurmat va ehtirom ifodasi, mamlakatimizning dunyo miqyosida ortib borayotgan obroʻ-eʼtibori va nufuzining yana bir yuksak eʼtirofi sifatida qabul qilaman.
Fursatdan foydalanib, mehnatkash, mard va olijanob xalqimizga yana bir bor chin yurakdan oʻzimning cheksiz mehrim va hurmatimni bildiraman.
Jonajon Oʻzbekistonimiz ravnaqi va koʻp millatli xalqimiz farovonligi yoʻlida sadoqat bilan xizmat qilish uchun bundan buyon ham bor bilim va salohiyatim, kuch-gʻayratimni safarbar etaman.
Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti