“Cerberus” korporatsiyasi bilan hamkorlik istiqbollari koʻrib chiqildi

0
18
marta koʻrilgan.

Nyu-York shahriga tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Cerberus” kompaniyasi vitse-prezidenti Brayan Xuk bilan uchrashuv oʻtkazdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Uchrashuvda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.

Aktivlari qiymati 60 milliard dollardan ziyod boʻlgan global investitsiya korporatsiyasi kommunikatsiyalar tarmogʻi, foydali qazilmalarni qazib chiqarish, transport va energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish loyihalariga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar yoʻnaltirishni rejalashtirgan.

Vitse-prezident Brayan Xuk ilk hamkorlik loyihalari joriy yilning oxiriga qadar boshlanishini  taʼkidladi.

Uchrashuv yakunida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.